AQShning Orion Span xususiy kompaniyasi koinotda ilk lyuks mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Mazkur mehmonxona Er sayyorasidan 320 kilometr uzoqlikda joylashadi. U Aurora Station orbital majmuasining modullaridan biri bo`ladi. Loyiha mualliflarining ta`kidlashicha, koinotga sayohat 12 kunga mo`ljallangan bo`lib, bu vaqt mobaynida mehmonxonada turish har bir kishi uchun 9,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mijozlarga vaznsizlik, Erni fazodan kuzatish va ayrim ilmiy tajribalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.






