Rejissyor Kventin Tarantino kinotanqidchi bo`lishga ahd qildi, deb xabar qilmoqda Rambler nashri.
Tarantino 1974 yili suratga olingan “Fetyuushlik lordlar” filmiga taqriz yozgan. Ushbu kartinada ikki bo`lajak yulduz Silvestr Stallone va Richard Gir suratga tushgan.
Eslatib o`tamiz, Kventin Tarantinoning Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi o`ninchi filmi shu yilda katta ekranlarga chiqariladi. Shundan so`ng Tarantino kinokarerasini tugatmoqchi.






