Vazn va bo`y ayollarning uzoq umr ko`rishiga ta`sir etadi, deb xabar berdi RT nashri.
Bunday g`oyani Niderlandiyaning bir guruh olimlari ilgari surishmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, bo`yi uzun, vazni engil ayollar uzoq umr ko`rar ekan. Qolaversa, uzoq umr ko`rishga jismoniy va aqliy faollik ham ta`sir ko`rsatishi ta`kidlangan.
Erkaklarda esa bo`y va vazn faktori unchalik ahamiyatga ega emas. Yarim soat jismoniy faollik 90 yosh umr ko`rish imkonini 5 foizga oshiradi.






