Inson husnixati shundayki, unga ko`ra xarakterni ifodalash mumkin, deya yozmoqda Rambler nashri.
Bu borada grafologiya ish olib boradi.
Ehtiyotkor, sirli va odamovilar mayda harflarda yozishadi.
Quvnoq, qiziquvchanlar esa katta-katta husnixatda yozishadi.
So`zlar orasidagi kichik masofa zaif subordinasiyadan darak. Tanqidiy fikrlovchilarga so`zlarni bir-biriga o`ta tirkab yozish xosdir.
Harflarni bir-biriga tutashtiruvchilar mantiqiy fikrlovchilardir. Harflar dona-donaligi esa kuchli ichki sezgidan darakdir.
Hattotona husnixat batartib va iltifotli, ammo aqida va qoidalarga berilganlarda bo`ladi.
Bosh harflarga urg`u berish romantiklikka ko`rsatsa, harflarning qing`irligi psixikada muammo borligiga ishoradir.
Uchli harflar jizzakilik va xudbinlikni oshkor etsa, dumaloqlari esa mehribonlik kafolatidir.
Harflarning o`ngga yotiqligi oshiqlikdan, chapga yotishi hislarni yashirishdan, tik harflar esa og`ir-vazminlikni bildiradi.
Kayfiyat-ruhning sog`lomligida harflar tepaga sakraydi, tushkunlikda esa aksincha.






