AsosiyDunyo

Braziliyada to`g`on o`pirilishi oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

'Braziliyada to`g`on o`pirilishi oqibatida odamlar qurbon bo`ldi'ning rasmi

O`tgan hafta so`nggida Braziliyaning Brumadinyu munisipalitetida to`g`on o`pirilishi yuz berdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Voqea oqibatida hududga yaqin minglab uylar suv ostida qoldi. Fojia qurbonlari soni esa hozirga kelib, 37 kishini tashkil etdi. 300 ga yaqin odam esa bedarak yo`qolganlar ro`yxatida turibdi.

To`g`oning o`pirilishi oqibatida bedarak yo`qolganlarni qidirish ishlari boshqa to`g`on o`pirilishi xavfi sababli vaqtinchalik to`xtatildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, tinimsiz yog`ingarchiliksabab yana bir to`g`on darz ketishni boshlagan. Shu tufayli hududni zudlik bilan tark etish lozimligi ma`lum bo`lgan. Ayni vaqtda mahalliy aholi evakuasiya qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar