Niderlandiyaning Gaaga shahridagi turar joy binosida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Mahalliy telekanallarning xabar qilishicha, aholi istiqomat qiluvchi uylardan birida gaz qurilmasi portlagan. Portlash qo`shni binolarga ham ta`sir ko`rsatdi. Voqea tufayli kamida 9 kishi jarohat olgan va ularning 7 nafari og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan. Hududga etib kelgan favqulodda vaziyatlar xodimlari ichkarida qolib ketgan odamlarni olib chiqishgan.






