AQShning Kaliforniya shtatidagi mutaxassislar bu yil anomal jaziramani taxmin qilishmoqda, ya`ni tarixda bo`lmagan issiq havo kuzatilishi aytilmoqda, deyiladi National Geographic ma`lumotida.
Iqlimshunos Samanta Stivensonning ta`kidiga ko`ra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi darajasi keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi. "El-Ninoni hisobga olganda, 2019 yil tarixdagi eng issiq yil bo`lishi mumkin", - deydi u.
Butunjahon meteorologik tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yildan 2018 yilga qadar eng issiq to`rt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga etgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.
Rossiyalik mutaxassislar joriy yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini bildirishmoqda.






