Kuba poytaxti Gavanada kuchli tornado sodir bo`ldi, deb xabar qildi Moya-planeta.ru nashri.
Xabarlarga ko`ra, tabiiy ofat natijasida 4 nafar inson hayotdan ko`z yumgan. Bundan tashqari, taxminan 200 kishi yaralandi. Tornado Gavana bo`ylab turli vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi. Yuzlab uylarning tom qismi joyidan ko`chgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, kuchli shamol ko`chalarda avtomobillarni uchirib yuborgan.
Bo`ron tufayli shaharning ko`pgina hududlari elektr ta`minotidan uzilib qolgan. Shu sabab ko`plab korxona va tashkilotlarda ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatildi.






