Kipr Respublikasi poytaxti Nikosiya shahrida Evroittifoqning 7 ta mamlakati rahbarlari ishtirokida sammit bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Ishtirokchi davlatlar ro`yxatida Portugaliya, Italiya, Kipr, Malta, Fransiya, Gresiya, Ispaniya bor. Sammit davomida mamlakat etakchilari Evropadagi migrasiya inqirozi masalasini atroflicha muhokama qilishdi. Uchrashuvdan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jurnalistlarga quyidagicha javob berdi: “Sharqiy O`rtaer dengizi mintaqasida avj olayotgan migrasiya muammosini hal qilish insoniy yondoshuvni talab qiladi. Sisiliya qirg`oqlaridagi muhojirlar bo`yicha Italiya Bosh vaziriga murojaat qilish kerak”.






