Venesuela oliy sudi mamlakat muxolifati etakchisi Xuan Guaydoga mamlakatdan chiqishni taqiqlab qo`ydi, deya ma`lum qilmoqda Report nashri.
Shuningdek, sud qarori bilan Guaydoning hisob raqamlari bloklab qo`yilgan va mol-mulki bilan har qanday tranzaksiya taqiqlangan. Ushbu holatga nisbatan Guaydo mutlaqo ajablanmaganini bildirdi.
AQSh hukumati esa bu qadamga javoban Guaydoga zarar keltirish jiddiy oqibatlarga olib kelishini ma`lum qildi.
Avvalroq Venesuela Bosh prokurori muxolifat siyosatchiga qarshi kamida 40 kishining o`limiga olib kelgan namoyishlar tufayli dastlabki tergov boshlanganini ma`lum qilgan edi.






