Xitoyning sharqidagi Szinan shahridagi kasalxonalarning birida tuqruq vaqtidagi og`riqlarini o`z tanasida sinab ko`rishni istagan erkaklar uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. Bu haqda Day.Az nashri xabar bermoqda.
Buning uchun o`z istagi bilan kelgan erkak kishining tanasining bir necha qismiga to`lg`oqni yuzaga keltiruvchi apparat ulanadi. Aytish lozimki, bunday jarayonni boshdan kechirgan ko`plab erkaklar ancha vaqtgacha o`zlariga kelishga qiynalishmoqda. Chunki shifokorlarning fikrlariga qaraganda, tug`ruq vaqtida odatda ayollarning yolg`iz o`zi, qaynonasi, dugonasi kabilar bilan kelishadi. Erkaklar esa bu vaqtda uyda rafiqasining ko`zi yorigani haqidagi xabarni kutib o`tirishadi. Erkaklar uchun joriy etilgan xizmat erkaklarga o`z rafiqalarini xurmat qilishni, qadrlashni o`rgatadi. Ma`lumot uchun aytish kerakki, tug`ruq vaqtidagi to`lg`oq og`riqlarini o`z tanasida sinab ko`rishni istovchi erkaklarning aksariyati rafiqasi xomilador bo`lgan ayollardir.





