AsosiyDunyo

Hindistonda bemorlarni dori-darmonsiz davolash yo`lga qo`yildi

'Hindistonda bemorlarni dori-darmonsiz davolash yo`lga qo`yildi 'ning rasmi

Hindistonning Bangalor shahridagi klinikalardan birida bemorlarni dori-darmonsiz davolash yo`lga qo`yildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Shifokorlarning so`zlariga qaraganda, bemorlarni dorilarga qaram qilmasdan, aksincha ularsiz ham shifo topa olishlariga ishontirish lozim. Bu erda kasallik turiga qarab yoga mashg`ulotlari, issiq toshlar bilan massaj qilish, muskullarni yumshatish mashqlari olib boriladi. Teri bilan bog`liq kassaliklar uchun esa loy terapiyasi tavsiya etilmoqda. Klinikada tabiiy usulda davolanishni boshlagan bemorlar o`zlarini ancha engil his qilishayotganlarini ta`kidlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar