Dunyoga “o`rgimchak-odam” nomi bilan mashhur fransiyalik Alen Rober o`z rekordini yana bir bor yangiladi, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Bu safar u Filippin poytaxti Manila shahridagi 47 qavatli osmono`par binoni zabt etgan. U tomoshabinlar ko`z o`ngida hech qanday xavfsizlik choralarisiz yuqoriga ko`tarilgan. 200 metrga ko`tarilib, pastga tushgach, “o`rgimchak-odam” odatdagidek uni qo`lga olish uchun keladigan polisiyani kutmoqda.
Alen bundan avval dunyoning eng mashhur minoralariga ana shu tarzda chiqib ulgurgan. Alen Rober hayot uchun xavfli bo`lgani sabab boshqalarga bu holatni takrorlashni tavsiya etmaydi.






