Polsha poytaxti Varshavada yovvoyi qushlar uchun maxsus shifoxona faoliyat olib bormoqda, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Poytaxtdagi markaziy hayvonot bog`ida ishga tushgan mazkur shifoxonaga mamlakatning turli hududlaridan kasal va yarador qushlar olib kelinadi. Dastlab keltirilgan qushlar soni 2000 ni tashkil qilgan bo`lsa, hozirga kelib bu ko`rsatkich 3 barobarga ko`paygan. Bu erga nafaqat qo`riqxona va hayvonot bog`laridan, balki ko`ngillilar tomonidan ko`chada biror falokat tufayli yaralangan qushlar ham olib kelinmoqda.






