Venesuelaning muxolifat etakchisi Xuan Guaydo o`z tarafdorlariga yangi iqtisodiy dasturini taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Dastur iqtisodiyotni barqarorlashtirish va qashshoqlikka qarshi kurashishga qaratilgan. Poytaxt Karakasda bo`lib o`tgan taqdimotdan so`ng Guaydo ushbu dasturning ijrosini ta`minlash uchun barchani birdamlikka chaqirgan. Avvalroq Evropa parlamenti uni prezident sifatida tan olgan edi. Guaydo esa o`z nutqi davomida Evroparlamentga ham minnatdorlik bildirdi.






