Belgiya poytaxti Bryusselda iqlim o`zgarishiga qarshi noroziliklar hamon davom etmoqda, deya ma`lum qilmoqda Report nashri.
Endilikda ushbu namoyishlarga 12 mingdan ortiq maktab o`quvchilari va talabalar qo`shilishgan. Ular ham hukumatdan iqlim o`zgarishiga qarshi samarali chora-tadbirlar ko`rilishini talab qilishmoqda. Namoyish ishtirokchilari kelgusi avlodlar Belgiyada ifloslangan havo tufayli yashay olmasligidan havotirda ekanliklarini ta`kidlashgan. O`quvchi va talabalarning namoyish tufayli darslarni qoldirayotgani esa hukumatni tashvishga solmoqda.






