AsosiyDunyo

Xalqaro jinoyat sudi Gbagboni ozod qildi

'Xalqaro jinoyat sudi Gbagboni ozod qildi'ning rasmi

Xalqaro jinoyat sudi o`tgan oyda insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sobiq Kot-dʼIvuar prezidenti Laurent Gbagboni shartli ozod qilishga buyruq berdi.

Seshanba kuni sudyalar 73 yoshli sobiq prezident va uning yordamchisi Charlz Ble Gudeni arizasini ko`rib chiqdi va har ikkala shaxsni ham ozod qilish to`g`risida kelishib oldi.

Gbagbo va Ble Goude 2010 yil o`tkazilgan tergov natijalariga ko`ra, qotillik, zo`rlash, ta`qib qilish va boshqa noqonuniy harakatlar uchun insoniyatga qarshi jinoyatlar bo`yicha aybdor deb topilgan edi.

    Boshqa yangiliklar