Kristian Beyl endilikda rol uchun sezilarli tarzda ozib-semirishni bas qilishga ahd qildi, deya xabar Sunmag.me nashri.
“Hokimiyat” filmidagi Dik Cheyni roli Beylning bu boradagi so`nggi filmi bo`ldi. 44 yoshli aktyor ushbu roli uchun 20 kiloga semirgan.
Ma`lumki, Kristian Beyl “Mashinist”, “Amerikalik psixopat”, “Betmen: Ibtido”, “Tong” kabi filmlari uchun 20-30 kiloga ozib-semirgan. Endilikda bu holat Beylning sog`lig`iga jiddiy ta`sir etmoqda.






