Polshadan 2700 tonna infeksiyalangan mol go`shti Evropa Ittifoqining 11 ta davlatlariga eksport qilingani aniqlandi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Bu xaqda polshalik jurnalist o`z reportajida ma`lum qilgan. U kasallangan mollar so`yish uchun olib ketilayotganini yashirincha tasvirga olgan. Shundan so`ng hukumat holat yuzasidan tekshiruvni boshladi. Aniqlik kiritilishicha, bu erdan jami 10 tonna sifatsiz mol go`shti savdoga chiqarilgan. Veterenlar esa buni tasdiqlashdi. Ayni vaqtda ushbu korxona faoliyati to`xtatilgan va tergov ishlari olib borilmoqda. Kasal mollarning go`shti ayni vaqtda savodan olib tashlandi va yo`q qilindi.
Polsha Evropa mamlakatlariga go`sht etkazib beruvchi eng yirik davlat hisoblanadi.






