Misr arxeologlari qadimiy qabristonni Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan topishdi. Bu haqida RIA Novosti Misrning qadimiy ishlar bo`yicha milliy vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.
Al-Minya universiteti va qadimiy ishlar vazirligining arxeologik missiyasi Tuna al-Gabal majmuasidagi qazilma ishlari davomida qabristonga duch kelgan. Unda uchta tosh sakrofagli maqbara va qirqta yaxshi saqlanib qolgan mumiyolangan jasad, shu jumladan, o`nta bola mumiyosi aniqlandi.
Bundan tashqari, kulolchilik ashyolari va bir qancha qabr yopinchiqlari topilgan. Vazirlikdan ma`lum qilishlaricha, ushbu topilma Misrning yunon-rum davridagi (miloddan avvalgi 4 asr o`rtalaridan milodiy 4 asrning oxirigacha) tarixiga oiddir.






