Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida fuqaro T.N. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, uning qo`l yuklari orasida va etigi ichiga yashirilgan, og`zaki so`rovda taqdim etilmagan va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati 7 million 560 ming so`mlik, jami og`irligi 252 gramm bo`lgan 39 dona oq rangli metaldan yasalgan zargarlik buyumlarini mamlakatimizga yashirincha olib kelayotganida to`xtatib qolindi.
Fuqaro U.A. esa bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, jami og`irligi 335 gramm bo`lgan, oq metaldan yasalgan umumiy qiymati 10 million 50 ming so`mlik ya`ni, 45 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirgani aniqlandi.
Yana bir holatda, bojxonachilarda e`tiborini tortgan fuqaro M.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, oyog`idagi qora rangli tuflisining ichki tovon qismiga 2 dona sellofan paketda qiymati 21 million so`mlik, og`irligi 70 gramm bo`lgan 17 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo`shni mamlakatdan yashirib olib kirayotganligi fosh qilindi.
Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, yurtimizda fuqarolarga o`z ehtiyojlari uchun 65 gramgacha zargarlik buyumlarini bojxona to`lovlarisiz olib kirishga ruxsat etilgan.