Hindistonning Manipur shtatida odam savdosining oldi olindi, deya xabar qilmoqda Rai77.com nashri.
Huquqni muhofaza qilish organlari bir guruh xotin-qizlarni jinoyatchilar qo`lidan qutqarishga muvaffaq bo`lishdi. Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, jinoiy to`da a`zolari 67 kishini Myanma chegarasidan noqonuniy tarzda olib o`tib, so`ng ularni Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga sotib yuborishga uringan. Ayni vaqtda gumondorlar qo`lga olingan.






