Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) o`z harbiy tuzilmasini yaratmoqchi emas, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezensevga tayanib.
«ShHT xartiyalarining bazaviy nizomlari ushbu tashkilot rahbarligida hech qanday qurolli shakllanmalar tuzilishini nazarda tutmaydi», — dedi u.
Mezensevning qo`shimcha qilishicha, mudofaa vazirliklari bilan hamkorlik doirasida o`tkaziladigan «Tinchlik missiyasi» harbiy o`quv mashg`ulotlarining vazifasi ShHT mamlakatlari bo`linmalari bilan aksilterrorchilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.





