AsosiyDunyo

Qozog`iston Qirg`izistonni elektr energiyasi bilan ta`minlaydi

Qozog`iston 2014—2015 yillarda Qirg`izistonga elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlaydi. O`z navbatida, Bishkek sug`orish uchun suv etkazib berishni bo`yniga oldi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboevga tayanib, Newskaz.ru xabar bermoqda.

«Qirg`iziston prezidenti iltimosiga ko`ra, biz shu yilda 400 million kilovatt, keyingi yilda esa 1,4 milliard kilovatt hajmdagi elektr energiyasini etkazib beramiz», — dedi Nazarboev Ostonada Almazbek Atambaev bilan bo`lib o`tgan uchrashuvdan so`ng.

Qozog`iston rahbarining aniqlik kiritishicha, Qirg`iziston esa vegetasiya davrida Qozog`istonni sug`orish uchun suv bilan ta`minlash bo`yicha kelishuvni amalga oshirishga va`da bergan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar