Hindistonning Surat shahrida Boeing 737 yo`lovchi samolyoti havoga ko`tarilishi vaqtida uchish-qo`nish yo`lagida o`tlab yurgan sigir bilan to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda «RBK».
Samolyot sohibi bo`lgan SpiceJet kompaniyasi reysni bekor qilishiga to`g`ri kelgan. Hodisa oqibatida Boeing 737’ga sezilarli zarar etgani aytilgan. Sigir esa olingan jarohat tufayli nobud bo`lgan. Yo`lovchilarga Dehligacha etib olish imkoni yaratib berilgan.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, sigir aeroport devoridagi teshikdan o`tib, uchish-qo`nish yo`lagiga to`satdan kelib qolgan bo`lishi mumkin. Uchuvchi qorong`ilik tufayli sigirni ko`rmagan.





