AsosiySalomatlik

Televizor qarshisida ko`p vaqt o`tkazish ichak saratoniga olib kelishi mumkin

'Televizor qarshisida ko`p vaqt o`tkazish ichak saratoniga olib kelishi mumkin'ning rasmi

Olimlar televizorni o`tirgan holda me`yoridan ortiq tomosha qilish 50 yoshgacha bo`lgan insonlarda ichak saratoni xastaligini keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Qayd etilishicha, bir guruh olimlar Amerikada hamshiralar salomatligi bo`yicha olib borilgan tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi natijalarini (AQShda 1989 yilda asosiy surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi xavfli omillar haqida to`plangan eng yirik ma`lumotlar jamlanmasi) tahlil qila turib, bir jihatga e`tibor berishdi. Ya`ni televizor qarshisida ko`p vaqt o`tkazishga odatlangan insonlar tadqiqotning boshqa ishtirokchilarga qaraganda ichak saratoniga ko`proq chalingan ekan.

Tadqiqotchilar ichak saratonining erta rivojlanishiga oid ana shunday 118 ta holatni o`rganib chiqib, kuniga televizor qarshisida kamida 1 soatdan o`tirgan kishilarda xastalikka chalinish xavfi 12 foiz bo`lganini aniqladi. Ikki soatdan ziyod vaqtini televizor qarshisida o`tkazgan ishtirokchilar orasida esa bu xavf 70 foizdan ziyod bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar