Britaniya polisiyasi to`rt kishini qo`lga olish orqali qirolicha Elizavetta IIga qilinadigan suiqasdning oldini oldi, deya xabar bermoqda The Sun.
Nashrning tasdiqlashicha, terrorchilar Elizavetta IIni juma kuni qurolli to`qnashuvlar vaqtida halok bo`lgan Britaniya qirolligi legioni harbiylari sharafiga uyushtirilgan festival vaqtida o`ldirishni rejalashtirgan.
The Sun ma`lumlotiga ko`ra, jinoyatchilar uni Albert-xollda pichoqlashni mo`ljallagan, ularda o`qotar qurol ham bo`lganligi ehtimoldan holi emas.
Polisiya 1-dan 27 yoshgacha bo`lgan to`rt kishini qo`lga olgan, shuningdek Londonning g`arbiy qismi hamda Bakingemshir grafligida ham bir necha reydlarni o`tkazgan.





