AsosiyShou-biznes

Yangi “Bond” filmi qo`shig`ini kim kuylaydi?

Josus Jeyms Bond haqidagi 24-film 2015 yilda katta ekranlarga chiqadi.

Britaniyalik josus Jeyms Bond haqidagi yangi film qo`shig`ini «Stay with me» qo`shig`i bilan mashhur bo`lgan xonanda Sem Smit kuylaydi. An`anaga ko`ra, musiqa mavzusi agent 007 haqidagi har bir film uchun juda muhim.

Sem Smit kinoserial rejisseri Barbara Brokkoli bilan Jeyms Bond haqidagi 24-filmning qo`shig`ini kuylash borasida muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq ushbu qo`shiqni amerikalik xonanda Lana Del Rey kuylaydi deb xabar berilgan edi. Page Six nashri manbasiga ko`ra, endi bu ishni Smit amalga oshiradi.

Bond haqidagi filmlarda qo`shiq aytish an`anasi 1963 yildan buyon davom etib kelmoqda. Ilk marta “Rossiyadan muhabbat bilan” filmida aynan shu nomli qo`shiq Metta Monro tomonidan kuylangan edi.
 

    Boshqa yangiliklar