AsosiyMadaniyat

Turkiyalik mashhur rejissyorning A.Navoiyga bag`ishlangan hujjatli filmi taqdimoti o`tkazildi

'Turkiyalik mashhur rejissyorning A.Navoiyga bag`ishlangan hujjatli filmi taqdimoti o`tkazildi'ning rasmi

Turkiyalik rejissyor Husayn O`zben tomonidan “Dunyo adabiyotining chinori” nomli hujjatli film suratga olingan.

Bugun ulug` mutafakkir bobomiz tavalludining 578 yilligiga bag`ishlab Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda mazkur hujjatli filmning taqdimot marosimi o`tkazildi, deb xabar berdi O`zA.

– Filmda turkiy adabiyotning ulug` chinori, dunyo shoiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi turk hamda o`zbek navoiyshunos olimlari tomonidan keng tarannum etiladi. Odatda har bir shoirning bitta devoni bo`ladi. Alisher Navoiyning to`rt devoni bor: Bolalik, Yoshlik, Balog`at va Keksalik devoni. Navoiy tazkiralarida yuzlab shoir, adiblar tilga olingan. Bulardan 170 tasi turkiydir. Ilk bora 170 turkiyzabon adiblarining hayotini tushuntirgan Navoiy bo`ldi. Bugungacha ko`plab filmlar oldim. Biroq bunisining o`rni bo`lak. Shuning uchun filmni avval sizlarning e`tiboringizga havola etishga ahd qildim. Bir necha kundan keyin Turkiyada premerasi bo`lib o`tadi, – deydi rejissyor Husayn O`zben.

Film ssenariy muallifi – professor Mehmet O`zturk, mas`ul muharrir – Husayn O`zben, maslahatchilar – professor Mustafo Kochalin, professor Nodirxon Hasanov. Tarjimon – Abdumurod Tilavov, muharrir – Olimjon Davlatov.

Boshqa yangiliklar