Avstraliyadagi Wild Life Sydney zooparki ma`muriyati antiqa tanlov e`lon qildi. Tanlov shartiga ko`ra, uning g`olibi zaharli jigarrang ilonni sobiq sevgilisini nomi bilan atash imkoniga ega bo`ladi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Ishtirokchilar uchun maxsus so`rovnoma tayyorlangan. Unda bevafo xushtorining qaysi qilmishlari uchun uning nomini ilonga qo`yishga munosib ko`rganligi bildirilishi lozim.
"G`olibga maxsus sertifikat topshiriladi. Unga muvofiq, tanlov peshqadami yil davomida har kuni ilonni yo`qlab kelish huquqini oladi", - deydi zoopark bosh direktori Mark Konnolli.






