Avstraliyada fermerlar o`z chorvalarini qurg`oqchilikdan qutqarib qolish maqsadida an`anaviy usuldan foydalanishmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Janubiy Uelsdakuzatilayotgan qurg`oqchilik tufayli ozuqa etishmayapti. Shuning uchun fermerlar qora mollarni200 kilometr masofa naridagi dalalarga olib borishmoqda. Fermerlarning so`zlariga ko`ra, jonivorlar ushbu masofani bosib o`tish chog`ida yo`l chetidagi o`t o`lanlardan oziqlanishadi.
"Men 600 dan ortiq qora mollarimini olib, yo`lga chiqdim. Ularniqurg`oqchilik tufayli nobud bo`lishiga yo`l qo`ya olmayman", dedi fermerlardan biri. Chorva mollarininingko`chish mavsumi avtomobilharakatiga xalal bermoqda. Ba`zi yo`lovchi mashinalartirbandlik tufayli o`z manzillariga vaqtida etib bora olmayapti.






