AsosiyDunyo

Dunyodagi eng kambag`al prezidentning «qo`ng`iz-avtomobili» 1 million dollarga baholandi

Kamtarona hayot tarzi olib borishi bilan tanilgan Urugvay prezidenti Xose Muxika o`zining 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle rusumidagi avtomobili uchun ismi oshkor etilmagan arab shayxi tomonidan 1 million dollarlik taklif oldi, deb xabar bermoqda Motor.ru.

Arab shayxi ushbu taklifni joriy yilning iyun oyida Boliviyada bo`lib o`tgan «G77 + Xitoy» rivojlanayotgan davlatlar sammiti chog`ida bildirgan. Muxikaning aytishicha, bu shunday takliflarning birinchisi emas, biroq aynan shu taklifdan keyin u o`z mashinasini bunday narxda sotishni o`ylab ko`rgan.

Urugvay prezidentining so`zlariga ko`ra, mashina sotilgan taqdirda pullar kambag`allarga yordam beruvchi Plan Juntos jamg`armasiga yoki mamlakatga yordam beradigan boshqa biror joyga o`tkaziladi. Ushbu jamg`arma Muxikaning o`zi tomonidan tashkil qilingan bo`lib, u 250 ming peso (12 500 dollar)lik maoshing 90 foizini har oy fond hisobiga o`tkazib turadi. Mashinasini esa prezident daromadlar to`g`risidagi deklarasiyada 70 ming peso (2850 dollar) deb ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar