AsosiyDunyo

London, Gonkong va Nyu-Yorkdagi uylar dunyo bo`yicha eng qimmat deb topildi

CBRE kompaniyasi tomonidan e`lon qilingan maxsus reytingda Buyuk Britaniya poytaxti London shahri yangi qurilgan elita uylarning o`rtacha narxi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turishi ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda «Vedomosti».

London markazidagi yangi uylarning bir kvadrat futi uchun 2000 funt (1 metr kvadrati uchun 34 ming dollar) to`lashga to`g`ri keladi. Avval Londondagi elita uylarni ko`proq xorijliklar sotib olgan. Hozir esa London uy bozoridagi mijozlarning 52 foizini Buyuk Britaniya fuqarolari tashkil etadi.

Reytingda Londondan keyingi o`rinlarda Gonkong (bir kvadrat fut uchun o`rtacha 3087 dollar), Nyu-York (2850 dollar), Sidney (1900 dollar) va Parij (1740 dollar bormoqda).

    Boshqa yangiliklar