Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Lui van Gal hujumchi Radamel Falkaoning tiklanish jarayoni borasida gapirib o`tdi.
"Falkao qachon maydonga qaytishini bilmayman. Bu vaziyatda barchasi uning tiklanish jarayoniga bog`liq. Agarda u yaxshi o`tsa, Falkao yaqin orada maydonga qaytdi, yo`qsa, davolanish muddati yana cho`ziladi", – deydi van Gal.
Eslatib o`tamiz, ikki hafta avval, kolumbiyalik hujumchi mashg`ulot vaqtida tizzasini jarohatlab oldi.
Ushbu mavsumda, Falkao Angliya chempionatining 5 uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol hamda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: www.goal.com





