Shveysariyaning Bazel shahridagi muzeyda noyob san`at asarlari ko`rgazmaga qo`yildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Unda Pablo Pikasso, Jan Dyubyuffe, Paul Klee kabi mashhur rassomlarning eng nodir suratlari bilan birga bir qator haykaltaroshlik asarlari ham namoyish etilmoqda. Umumiy bahosi 100 million evroni tashkil qiladigan ushbu to`plam shveysariyalik Probst-Lauberlar oilasiga tegishli. Bu oila ko`p yillar davomida to`plagan kolleksiyani 2018 yilda Kristofa Meriana xayriya fondiga topshirgan.






