1

O`zbekiston Ebola virusi tarqalgan mamlakatlarga sayohatlarni to`xtatadi

Salomatlik 09.11.2014, 10:22
O`zbekiston Ebola virusi tarqalgan mamlakatlarga sayohatlarni to`xtatadi

Epidemiyaga qarshi kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Favqulodda komissiyasi 27 oktyabr kuni bo`lib o`tgan majlis yakuniga ko`ra Tashqi ishlar vazirligi hamda «O`zbekturizm» milliy kompaniyasiga Ebola virusi tarqalgan mamlakatlarga (va ushbu mamlakatlardan) sayyohlik va boshqa safarlarni amalga oshirilishini vaqtincha to`xtatish haqida ko`rsatma berdi. Bu haqda «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, «Kun» xabar bermoqda.

Favqulodda komissiya tomonidan safar va sayohatlar cheklangan mamlakatlar ro`yxatiga Gvineya, Serra-Leone, Liberiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya, Senegal va Mali kiritilgan.

«O`zbekturizm» kompaniyasi xabarida qayd etilishicha, Ebola virusining O`zbekistonga sayyohlar orqali kirib kelishi oldini olish bo`yicha tegishli choralar ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1