AsosiyDunyo

Tojikiston mardikor bozori qonuniylashtiriladi

'Tojikiston mardikor bozori qonuniylashtiriladi'ning rasmi

Tojikiston Mehnat, migrasiya va ijtimoiy bandlik vazirligi yaqinda tarqatgan xabarida, hukumat mardikorlar bozorini qonuniylashtirishga qaror qilganini ma`lum qildi. Shu tariqa ichki migrantlar rasman mehnat faoliyati bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ladi va ijtimoiy kafolat hamda pensiyaga umid qiladi.

Mehnat vazirining o`rinbosari Emin Sanginzoda Dushanbeda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida mardikorlar va ish beruvchilar o`rtasida erishilgan og`zaki kelishuvlar ularning ijtimoiy va yuridik huquqlarini kafolatlamasligini aytdi.

“Ayrim mardikorlar mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan mutaxassisliklarga ega va ular yaxshigina pul ham ishlashadi, ammo qisqa vaqt mobaynida ish beruvchi va ishchi o`rtasidagi norasmiy munosabatlarni barqarorlashtirishning imkoniyati yo`q. Biz bu yo`nalish bo`yicha ish olib borayapmiz”, - dedi Sanginzoda.

Aholi bandligi agentligining direktor o`rinbosari Niyoz Qurbonovning aytishicha, yollanma mehnat bozoridagi so`rovlar shuni ko`rsatganki, mardikorlarning o`zlari faoliyatlarini qonuniylashtirilishini istashmaydi va bir kunda topadigan 50-100 somoni (10 dollardan ko`p) dan qoniqish hosil qiladi.

“Biz ularga, agarda siz faoliyatingizni qonuniylashtirsangiz, u holda sizlarga ijtimoiy kafolat berilishini tushuntirmoqdamiz. Kelajak haqida, pensiya haqida o`ylab ko`rish kerak, biroq ular o`zlariga hech narsa kerak emasligini, topayotgan pullari etayotganini aytmoqda”, - deydi Qurbonov.

    Boshqa yangiliklar