CNN telekanalida jonli efir vaqtida titr orqali AQSh prezidenti Barak Obamaning harbiy tomonidan o`ldirilgani haqida xabar berildi. Bu haqda Gazeta.ru ma`lum qilmoqda.
BuzzFeed kompaniyasi muxbiri Jon Passantino Obamaning o`limi haqida berilgan yangilikning skrinshotini o`zining tvitteriga joyladi.
Keyinroq ma`lum bo`lishicha, CNN xodimlari AQSh prezidentini «Al Qoida» terrorchilik guruhining yo`q qilingan rahbari Usama bin Laden bilan adashtirib yuborgan.
Yangilikda gap g`arbiy OAVlari ma`lumotiga ko`ra SEAL («Dengiz mushukchalari») bo`limining 2011 yil may oyida Pokistonda olib borilgan maxsus operasiya vaqtida bin Ladenni o`ldirgan 38 yoshli sobiq jangchisi Rob O’Nil haqida borgan.





