“Real” klubi Ispaniya chempionatining 11-turidan o`rin olgan uchrashuvda “Rayo Valekano” jamoasini qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g`alaba qozondi.
“Real” tarkibida gollarga Beyl, Ramos, Kroos, Benzema va Ronaldular mualliflik qilishdi. “Rayo Valekano” tarkibida esa Bueno bir marta javob qaytara oldi.
Ushbu g`alaba Karlo Anchelotti shogirdlariga musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamlashga imkon berdi.
Real Madrid – Rayo Valekano 5:1 (2:1, 3:0)
Gollar: 1:0 – 9 Beyl, 2:0 – 40 Ramos, 2:1 – 44 Bueno, 3:1 – 55 Kroos, 4:1 – 59 Benzema, 5:1 – 83 Ronaldu.





