Avstriya va Germaniyalik ikki dorboz mashhur Viktoriya sharsharasi ustida estremial sayohat uyushtirishdi. Qo`rqinchli hissiyotlarni sevuvchi bu ikki odam 100 metrlik masofani maxsus arqon bo`ylab bosib o`tishdi.
Xavfli tryukni sug`urta yordamida amalga oshirishdi, deb xabar beradi "Rossiya 24" telekanali. Biroq tomoshabinlar baribir qattiq hayajonda edi.
Hammasi tugagandan so`ng ekstremallar o`z hayajonlari bilan bo`lishishdi. Sharsharani zabt etish oson bo`lmaganligini tan olishdi. Suvning shovqini ularga diqqatlarini to`plashga xalaqit bergan.





