Gresiya sohillarida, ya`ni Liksuri shahridan 8 kilometr uzoqlikdagi Ionich dengizida silkinish kuchi 5.2 magnitudaga teng zilzila sodir bo`ldi. Voqea mahalliy vaqt bilan 01:15da ro`y bergan. Zilzila markazi 16 kilometr chuqurlikda bo`lgan.
Qurbonlar va buzilishlar yo`q. Toshqin xavfi e`lon qilinmagan, deya xabar bermoqda RIA Novosti AQSh geologiya xizmatiga tayangan holda.





