Hindiston poytaxti Dehlida joylashgan Arpit Palace mehmonxonasida katta yong`in ro`y berdi, deb xabar qilmoqda Report nashri.
Voqea oqibatida 17 kishi hayotdan ko`z yumgani xabar qilinmoqda. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Bundan tashqari, o`ttizdan ortiq inson turli darajada jarohat olgan. Alanga ro`y bergan vaqtda binoda kamida 150 nafar mehmon bo`lgan. Olingan ma`lumotlarga qaraganda, yong`in mehmonxonaning tomidagi ayvondan boshlangan.






