AsosiyJamiyat

«O`zbekiston havo yo`llari» MAKning Yak-40 samolyoti qayta ishlashga jo`natildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston milliy aviakompaniyasi ramzi tushirilgan Yak-40 samolyotining suratlari paydo bo`ldi, deb yozadi 12news.uz. Ularda samyolyotning utilizasiya uchun olib ketilayotganini ko`rish mumkin.

Nashrning eslatishicha, 2010 yil 1 martida «O`zbekiston havo yo`llari» Rossiyada ishlab chiqarilgan Yak-40 samolyotidan foydalanishni to`xtatgan edi.

Bundan tashqari, 2011 yil boshida MAK Tu-154, 2012 yil yanvarida esa An-24 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishni to`xtatgan.

    Boshqa yangiliklar