AsosiyDunyo

Finlyandiyada muzdan mehmonxona barpo etildi

'Finlyandiyada muzdan mehmonxona barpo etildi 'ning rasmi

Finlyandiyada muzdan mehmonxona barpo etildi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.

Snow Village Lapland deb nomlangan bu mehmonxona mamlakatning shimoliy qismida joylashgan. Bu joy “Taxt o`yinlari” seriali ishqibozlari uchun ayni muddaodir. Sababi – mehmonxonada ushbu film qahramonlarini uchratish mumkin. Devorlardagi muzli haykallarni yasash uchun Polsha, Ukraina, Rossiya hamda Litvadan 12 nafar haykaltaroshlar jalb qilindi. Buning uchun 400 ming kilogramm muzdan foydalanilgan. Bu erda mehmonlar uchun yotoq, ovqatlanish uchun stol, xullas, zaruriy buyumlarning barchasi mavjud.

    Boshqa yangiliklar