Shimoliy Makedoniyada barcha belgilar o`zgartiriladi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Mamlakat Shimoliy Makedoniya nomini olgach, hukumat eski nomlardan va belgilardan voz kechishga qaror qildi. Mamlakatga kirish yo`llaridan tortib har bir kichik yo`l belgisigacha davlatning nomiga muvofiq yangilanadi. Bu jarayon, avvalambor, Gresiya bilan chegara hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. O`rtadagi kelishuvga qaramay, Shimoliy Makedoniya nomi va o`zgarishlar greklarga xush kelmayapti.






