Yaponiyaning Totigi prefekturasi do`konlarida limon va qulupnay ta`miga ega sosikalar sotilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko`ra, bu sutli sosiskalar eng sara go`shtlardan tayyorlangan bo`lib, ularga tabiiy rang va ta`m beruvchilar qo`shilgan. Ularning inson salomatligi uchun hech qanday zarari yo`q, deb yozmoqda Kedem.
Sosiskalarni hatto bolalarni ovqatlantirishga ham tavsiya qilishmoqda. Ularni qovurish, qaynatish va isitish mumkin. Bir o`ramdagi minisosiska 200 yen, ya`ni 1.85 dollar turadi.





