1

Farg`onada qo`y o`g`rilari qo`lga tushdi

Jinoyat 16.02.2019, 19:55
Farg`onada qo`y o`g`rilari qo`lga tushdi

2019 yil 13 fevral kuni Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi R.T. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 4 fevralga o`tar kechasi noma`lum shaxslar Bo`ston MFY Belariq mahallasida joylashgan fermasiga devor oshish yo`li bilan kirib, qo`yxonasidan 7 bosh qo`ylarini o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo`shtepa tumani Yangiobod mahallasida yashovchi M.M., uning qo`shnilari X.A. va U.Yo.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1