AsosiyJamiyat

Rishtonlik kulol tayyorlagan suvenir va sopol idishlar Evropa muzeylarida saqlanmoqda (foto)

'Rishtonlik kulol tayyorlagan suvenir va sopol idishlar Evropa muzeylarida saqlanmoqda (foto)'ning rasmi

Rishton azaldan hunarmandlar maskani bo`lgan. Rishton kulollari tayyorlagan ko`za va xumlarda jaziramada suv saqlangan, suv o`n kungacha holatini o`zgartirmagan.

Rishtonlik usta kulol Alisher Nazirov tayyorlagan kulolchilik buyumlarida birorta ortiqcha detal ishlatilmaydi. Ulardagi bo`yoqlar xuddi qadimda qilinganidek, tog` o`simliklari qaynatmasidan olinadi. Bu esa buyum rangi o`chmay jilosini yo`qotmasligini ta`minlaydi.

3.JPG

Alisher Nazirov ko`za yoki boshqa buyum yasayotganda loyga yuragining bir bo`lagini ham qo`shib qoradi. Ustaning uy-muzeyi va ustaxonasi bor.

– Kulolchilik san`ati qadimiy hunarlardan, - deydi Alisher aka. – Biz tayyorlagan mahsulotlar sifati bilan ajralib turadi. Chunki qizil, oq rangdagi idish-tovoqlarga qo`rg`oshin, qizil kesak bilan sirlanib ohor beriladi. Kulolchilik bilan oilaviy shug`ullanamiz.

Shuningdek, 20 nafar shogirdim bilan tayyorlagan suvenir va sopol idishlar Evropa muzeylarida saqlanmoqda, deb yozmoqda O`zA.

5.JPG

8.JPG

14.JPG

    Boshqa yangiliklar