AsosiyDunyo

Bir paytlar omadli bo`lgan model bugun tilanchiga aylandi

'Bir paytlar omadli bo`lgan model bugun tilanchiga aylandi 'ning rasmi

O`tgan asrning 80-yillarida omadli model bo`lgan Nastasya Urbano bugungi kunda deyarli tilanchiga aylandi, deya xabar qildi Rambler nashri.

Bir paytlar Urbanoning oshig`i olchi edi. Uni turli jurnallar muqovasi uchun suratga olishar, reklamalarda tinmay suratga tushar edi.

Ammo barchasi omadsiz nikohdan keyin barbod bo`ldi.

Million dollarlab gonorarlar olgan Nastasya bugun bank foyelarida tunashga to`g`ri kelib, depressiyadan aziyat chekmoqda.

Nastasya eri bilan turmush qurganidan so`ng hammasi chappasiga ketadi. Turmush o`rtog`i Urbanoning bor-budini havoga sovuradi. Ammo modelning o`zi bunga ko`p ham e`tibor qaratmasdi, negaki u juftini sevar edi. Endi esa o`sha sevgisi tufayli qariyb tilanchiga aylandi qoldi.

So`nggi intervyularidan birida Nastasya “Shaxs sifatida o`zimni qayta tiklab, hayotimni yo`lga qo`ymoqchiman”, - deydi.

Do`stlarining aytishicha, Nastasya tez orada o`z kasbiga qaytadi.

    Boshqa yangiliklar