AsosiyJinoyat

Chirchiqda mast fuqaro tanishini pichoqlab qo`ydi

'Chirchiqda mast fuqaro  tanishini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri G`alaba ko`chasida yashovchi A.X. 15 fevral kuni shu ko`chada yashovchi tanishi V.L.ning uyida birga spirtli ichimlik iste`mol qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ichkilikbozlik davomida ularning o`rtasida o`zaro janjal kelib chiqqan, oqibatda A.X. tanishini pichoq bilan jarohatlagan.

V.L. kasalxonaga yotqizilib, A.X. qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov hakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar